HURMATLI MIJOZLAR!
Shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qaroriga muvofiq, “YANGI BANK” AJning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish, bank faoliyatini majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va tugatish komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yuqorida ko‘rsatilgan qaror bilan Tugatish komissiyasining quyidagi tarkibi tasdiqlandi:
Rais:“YANGI BANK” AJ Kuzatuv kengashi raisi Xusainov А.G.
A’zo:“YANGI BANK” AJ Boshqaruv raisi Smirnov T.V.
A’zo:“YANGI BANK” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Asmakovets T.V.
A’zo:“YANGI BANK” AJ G‘aznachilik departamenti direktori Soatov Sh.М.
A’zo:“YANGI BANK” AJ Bosh buxgalteri Xadiyeva U.Yu.
A’zo:Omonatlarni kafolatlash agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari Abbosov N.I.

“YANGI BANK” AJ TUGATISH KOMISSIYASINING AXBOROT XABARI kreditorlar talablari reyestri bilan tanishish tartibi va majburiyatlarni bajarish reglamenti to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qaroriga asosan faoliyat yuritayotgan va O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy manzilida joylashgan “YANGI BANK” AJ tugatish komissiyasi kreditorlar talablari reyestrini shakllantirish bosqichi yakunlanganini ma’lum qiladi.

TALABLARNI KO‘RIB CHIQISH NATIJALARI BILAN TANISHISH TARTIBI, MUDDATLARI VA JOYI Har bir kreditor talabni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega. • Talabni ko‘rib chiqish natijalari bilan tanishish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy. • Qabul vaqtlari: har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha, tushlik uchun tanaffus soat 13:00 dan 14:00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba va bayram kunlari. • Aloqa uchun telefonlar: + 998 78 777 88 87 • Elektron pochta: info@yangi.uz • Obyektga kirish tartibi: kreditorlar uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda kirish erkin.

MA’LUMOTLAR OLISH UCHUN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI Ma’lumotlar qat’iy ravishda shaxs va vakolatlar tasdiqlanganidan so‘ng taqdim etiladi: • Jismoniy shaxslar uchun (shu jumladan sobiq xodimlar): Pasport yoki ID-kartaning asli. Vakil kelgan taqdirda — notarial tasdiqlangan ishonchnoma va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat. • Yuridik shaxslar uchun: Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli, shuningdek, tugatish ish yurituvi materiallari bilan tanishish huquqini beruvchi, tashkilot blankasida rasmiylashtirilgan, rahbar tomonidan imzolanib, muhr (mavjud bo‘lsa) qo‘yilgan ishonchnomaning asli. Tashkilot rahbari o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (buyruq, qaror) va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

KREDITORLAR TALABLARINI QANOATLANTIRISH TARTIBI, NAVBATI VA BOSHLANISHI Kreditorlar talablari reyestriga kiritilgan kreditorlar talablari “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 64-moddasida belgilangan navbatga qat’iy rioya qilingan holda, pul mablag‘larining, shu jumladan bank aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larning tugatish massasida to‘planishiga qarab qanoatlantiriladi. • 3-navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar 2026-yil 5-iyundan kechiktirmay yakunlanadi. • 4-navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar 2026-yil 10-iyundan kechiktirmay boshlanadi. • 5 va 6-navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar 4-navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlanganidan so‘ng boshlanadi. • Hisob-kitob shakli: to‘lovlar faqat naqd pulsiz tartibda, pul mablag‘larini kreditorlarning talabnoma-arizalarini taqdim etish chog‘ida ko‘rsatilgan bank rekvizitlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kreditorga uning hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, ushbu kreditorga tegishli mablag‘lar uning nomiga boshqa bankda ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.

Muhim! Kreditorlar talablari reyestri shakllantirilayotgan vaqtda Sizning bank rekvizitlaringiz: hisobvaraq raqami, MFO, bank nomi o‘zgargan taqdirda, kreditorlar hisob-kitoblar boshlanish sanasigacha Tugatish komissiyasi nomiga rekvizitlarni yangilash to‘g‘risida zudlik bilan rasmiy ariza taqdim etishi shart. Kreditorlarning bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami, MFO, bank nomi) mavjud bo‘lmagan holda, kreditorlar hisob-kitoblar boshlanish sanasigacha Tugatish komissiyasi nomiga rekvizitlarni ko‘rsatgan holda zudlik bilan rasmiy ariza taqdim etishi lozim.

“YANGI BANK” AJ tugatish komissiyasi raisi — Xusainov A. G.

"YANGI BANK" AJ TUGATISH KOMISSIYASINING REKVIZITLARI (kreditlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun): Qabul qiluvchi: “YANGI BANK” AJ Tugatish komissiyasi Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy STIR: 201 053 774 Hisobraqam (so‘m): 29896 000 9 00000014 107 Markaziy bank Toshkent sh. Hisob-kitob kassa markazi MFO: 00014 e-mail: info@yangi.uz Aloqa markazi raqami: +998 78 777 88 87
Ko‘p so‘raladigan savollar
"Yangi Bank" AJ tomonidan berilgan qarz qanday so‘ndiriladi?
Bank litsenziyasining chaqirib olinishi qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni bekor qilmaydi.

1-qadam. Qarz kim tomonidan berilganini aniqlash


Qarz bo‘yicha shartnomani ochib, rekvizitlarda nima yozilganiga qarang:
  • agar shartnomada “Yangi Bank” AJ ko‘rsatilgan bo‘lsa, kredit bank tomonidan berilgan va uni Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamiga to‘lash kerak;
  • agar shartnomada “Yangi Finance” MCHJ ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak qarz MMT tomonidan berilgan va to‘lov Paynet orqali amalga oshiriladi.

Quyidagi yo‘riqnoma faqat “Yangi Bank” AJ tomonidan berilgan kreditlarga tegishli:

2-qadam. Qayerga va qanday to‘lov qilish kerak?

1-usul (onlayn):
1. O‘zbekistondagi istalgan bankning “Rekvizitlar bo‘yicha to‘lov” / “Rekvizitlar bo‘yicha o‘tkazma” funksiyasi mavjud bo‘lgan ilovasiga kiring.
2. Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamini ko‘rsating: 2989 6000 9000 0001 4107
3. Qabul qiluvchi bankning MFO kodini ko‘rsating: 00014
To‘lov tafsilotlarida quyidagilarni ko‘rsating:
  • “Shartnoma bo‘yicha qarz to‘lovi”;
  • qarz raqami;
  • F.I.O.;
  • pasport seriyasi va raqami.


2-usul (oflayn):
1. Istalgan bankning kassasiga boring.
2. Kassa xodimiga “Yangi Bank” AJ bergan qarzni qaytarish uchun Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamiga to‘lov qilishingiz kerakligini ayting.
3. Kassa xodimiga rekvizitlarni ko‘rsating:
  • Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqami
  • STIR: 201 053 774
  • Hisobraqam (so‘m): 2989 6000 9000 0001 4107
  • Bank: Markaziy bank Toshkent sh. Hisob-kassa markazi
  • Bank MFO kodi: 00014
4. To‘lov maqsadida quyidagilarni ko‘rsating:
  • “Shartnoma bo‘yicha qarz to‘lovi”;
  • qarz raqami;
  • F.I.O.;
  • pasport seriyasi va raqami.

3-qadam. To‘lov jadvali bo‘yicha summani to‘lang.
Shartnomada ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha to‘lovni o‘tkazing.

4-qadam. Kvitansiyani saqlab qoling.
Kredit to‘liq yopilgunicha to‘lov haqidagi chek yoki kvitansiyani saqlab qo‘ying.

5-qadam. To‘lovlar hisobini olib boring.
Quyidagilarni qayd qiling:
  • to‘lov sanasi
  • summa
  • kvitansiya raqami
Bank tugatilishi munosabati bilan qarz oluvchilarning kreditlar bo‘yicha mavjub majburiyatlari bekor qilinadimi?
Yo‘q. Bankning tugatilishi kredit majburiyatlarini bekor qilmaydi. Barcha shartnomalar o‘z kuchida qoladi va qarz oluvchilar o‘z shartnomasi shartlari asosida to‘lovlarni kiritishda davom etadi.
Kredit bo‘yicha foizlar va penya hisoblanadimi?
Ha. Kredit shartnomalariga muvofiq foiz, penya va jarimalar hisoblanishi davom etadi.
“Yangi Bank” AJ bank kartlari amal qiladimi?
Yo‘q. “Yangi Bank” AJ litsenziyasi bekor qilingani sababli barcha bank kartalari bloklangan bo‘lib, ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish mumkin emas.
Bankning mobil ilovasi va onlayn xizmatlari ishlaydimi?
“Yangi Bank” AJ litsenziyasi bekor qilingani munosabati bilan Yangi mobil ilovasi cheklangan funksionallik bilan axborot rejimida ishlashda davom etadi.

Ilovada quyidagi axborotlar bilan tanishishingiz mumkin:
  • 15.01.2026 yil holatiga ko‘ra Yangi kartadagi balans;
  • 15.01.2026 yil holatiga omonatdagi qoldiq;
  • kredit shartnomasi raqami;
  • joriy kredit bo‘yicha to‘lovlar jadvali va summasi;
  • joriy kredit bo‘yicha qarzdorlik (kredit bo‘yicha joriy qoldiqni yangilash 3 ish kunigacha vaqt olishi mumkin).

Barcha savollar bo‘yicha call-markazga murojaat qilishingiz mumkin: +998 78 777 88 87
Jismoniy shaxslar bo‘yicha balans yoki hisobraqamga oid axborotni qayerdan olish mumkin?
Axborotni quyidagi usulda olish mumkin:
1) Tugatish komissiyasi yoki call-markazga murojaat qilish: +998 78 777 88 87;
2) Yangi ilovasida 2026-yil 15-yanvar holatiga karta yoki omonatdagi balansni ko‘rish.
Kreditorlarning talabnomalari reyestri qanday shakllantiriladi?
Kreditorlar talablarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tugatuvchiga yozma ariza beradi. Arizada kreditorning asosiy ma’lumotlari (ariza namunasi bank ofisida taqdim etiladi) va mavjud bo‘lsa, elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. Pochta manzilining ko‘rsatilgani elektron shaklda xabarlar olishga rozilikni bildiradi.
Kreditorlar faqat kafolatlangan limitdan oshgan summani talab qilishlari mumkin..
Reyestr tugatuvchi tomonidan bank hujjatlari va kreditorlarning arizalari asosida shakllantiriladi. Bank aksiyadorlari kreditor hisoblanmaydi.
Kreditorlarga to‘lovlar qonunchilikka muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi. To‘lovlarning boshlanishi Markaziy bank tomonidan tugatish balansi tasdiqlangandan keyingi ish kuni hisoblanadi.
Kreditorlarning talabnomalari qanday tartibda va ketma-ketlikda qoplanadi?
Kreditorlarga to‘lovlar Markaziy bank tomonidan oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyingi ish kunidan boshlanadi.
Talabnomalar qat’iy navbat asosida qondiriladi: har bir keyingi navbat oldingi navbat bilan to‘liq hisob-kitob qilingandan keyinginato‘lovlarni oladi.

Navbat:
1) davlat organlarining bankni tugatish uchun jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha talabnomalari (“Yangi Bank” AJ uchun dolzarb emas);
2) “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi 2-qismiga muvofiq talabnomalar (soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar);
3) “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq Omonatlarni kafolatlash agentligiga o‘tkazilgan talabnomalar;
4) “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq omonatlarning kafolatlangan limitdan ortiq summalari;
5) boshqa ta’minlanmagan talabnomalar;
6) bankka aloqador shaxslarning talabnomalari va kapital bo‘yicha talabnomalar.

Mijozlarning kafolatlangan limitdan ortiqcha mablag‘larini qaytarish kreditlarni so‘ndirish va bank mulkini sotish hisobiga amalga oshiriladi.
Omonat summasi 200 mln so‘mdan ortiq bo‘lsa nima qilish kerak?
Omonatlarni kafolatlash agentligining kafolat obyekti bo‘lmagan mablag‘lar tugatish jarayonida, “Yangi Bank” AJ aktivlarini sotish hisobiga qaytariladi.
Buning uchun 2026-yil 16-martga qadar Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 99-uy manzili bo‘yicha Tugatish komissiyasi ofisiga yozma talabnoma bilan murojaat qilish lozim.
Omonat bo‘yicha foizlar qaysi sanagacha hisoblanadi?
Omonatlar bo‘yicha foizlar 2026-yil 15-yanvargacha, ya’ni “Yangi Bank” AJ litsenziyasi bekor qilingan sanagacha hisoblanadi.
Bankning tugatilishi nima degani?
Bankning tugatilishi — litsenziya chaqirib olinganidan keyin bank faoliyatining rasman to‘xtatilishi bo‘lib, bunda kreditorlar oldidagi majburiyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy so‘ndiriladi.
Bankning majburiy tugatilishi O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 77 va 62-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Yangi Bank” AJni tugatish jarayoni qancha vaqt davom etadi?
“Yangi bank” AJni majburiy tugatish muddati — 1 yilgacha.

Bank aktivlari sotilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaroriga ko‘ra tugatish muddati uzaytirilishi mumkin.

Agar tugatish jarayonida bank bankrot deb topilsa, jarayon “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq sud tartibida davom ettiriladi va muddat yana uzaytirilishi mumkin.

Bank sud tomonidan bankrot deb topilganidan keyin Tugatish komissiyasi va Markaziy bankning vakolatlari to‘xtatiladi.
Tugatish jarayoni ustidan nazorat kim tomonidan amalga oshiriladi?
Tugatish jarayoni ustidan nazorat “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.

Tugatish — Markaziy bank nazorati ostida amalga oshiriladigan qonunda qat’iy tartibga solingan jarayon.