HURMATLI MIJOZLAR!
Shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qaroriga muvofiq, “YANGI BANK” AJning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish, bank faoliyatini majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va tugatish komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yuqorida ko‘rsatilgan qaror bilan Tugatish komissiyasining quyidagi tarkibi tasdiqlandi:
Rais:“YANGI BANK” AJ Kuzatuv kengashi raisi Xusainov А.G.
A’zo:“YANGI BANK” AJ Boshqaruv raisi Smirnov T.V.
A’zo:“YANGI BANK” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Asmakovets T.V.
A’zo:“YANGI BANK” AJ G‘aznachilik departamenti direktori Soatov Sh.М.
A’zo:“YANGI BANK” AJ Bosh buxgalteri Xadiyeva U.Yu.
A’zo:Omonatlarni kafolatlash agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari Abbosov N.I.

Kreditorlar o‘z talablarini “YANGI BANK” AJning quyidagi manzili bo‘yicha taqdim etish huquqiga ega: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy.

Kreditorlarning talablari Tugatish komissiyasiga yozma shaklda, ariza va ushbu talablarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga taqdim etilishi shart. Talablar bayon qilingan arizada kreditor quyidagilarni ko‘rsatishi lozim: o‘zi haqidagi ma’lumotlar; Yuridik shaxslar uchun: tashkilotning to‘liq nomi, joylashgan manzili (pochta manzili), bank rekvizitlari; Jismoniy shaxslar uchun: shaxsiy identifikatsiya raqami, pochta manzili, jismoniy shaxsning bank rekvizitlari (bor bo‘lsa); elektron pochta manzili (bor bo‘lsa). Arizada elektron pochta manzilining ko‘rsatilishi kreditorning bankka nisbatan o‘z talablarining turi va summasi haqidagi xabarnomalarni, shuningdek, talablarini to‘liq qanoatlantirishda rad javobi berilgan taqdirda, bu haqda elektron shaklda xabarnomalarni olishga rozilik berganligini anglatadi.

Kreditorlar tomonidan talablarni taqdim etish muddati 2026-yil 16-martgacha etib belgilangan. Bunda kreditorlarning barcha talablari Tugatish komissiyasiga taqdim etilishi mumkin.

E’tiboringizni shunga qaratamizki, qo‘yilgan talablardan qat’i nazar, kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiyalar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan to‘lab beriladi. Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiyalarni to‘lash tartibi, jumladan to‘lash muddatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilishingizni so‘raymiz (Omonatlarni kafolatlash agentligining tezkor aloqa raqami: + 998 555 500 500).

Ma’lumot uchun: Omonatlarni kafolatlash obyektining egasi bo‘lgan kreditor (omonatchi) bankning Tugatish komissiyasidan kafolatlangan omonat bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari summasidan ortiq mablag‘ni talab qilish huquqiga ega.

Keyingi barcha tartib-taomillar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, shu jumladan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga qat’iy muvofiq holda amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar olinishi bilan mijozlarga yetkazib boriladi. Faqat quyidagilarda joylashtiriladigan rasmiy xabarlarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz: - bankning saytida: https://yangi.uz; - "Yangi Bank" AJ Tugatish komissiyasining rasmiy Telegram-kanalida: https://t.me/yangibank_official; - "Yangi Bank" AJ Tugatish komissiyasining Instagram’dagi rasmiy sahifasida: https://www.instagram.com/yangibank.official; - "Yangi Bank" AJ Tugatish komissiyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasida: https://www.facebook.com/yangibank.official - Omonatlarni kafolatlash agentligi saytida: https://uzoka.uz - Omonatlarni kafolatlash agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida: Telegram – https://t.me/uzoka_uz, Instagram - https://www.instagram.com/uzoka.uz, Facebook – https://www.facebook.com/uzoka.uz.

"YANGI BANK" AJ TUGATISH KOMISSIYASINING REKVIZITLARI (kreditlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun): Qabul qiluvchi: “YANGI BANK” AJ Tugatish komissiyasi Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy STIR: 201 053 774 Hisobraqam (so‘m): 29896 000 9 00000014 107 Markaziy bank Toshkent sh. Hisob-kitob kassa markazi MFO: 00014 e-mail: info@yangi.uz Aloqa markazi raqami: +998 78 777 88 87
Ko‘p so‘raladigan savollar
"Yangi Bank" AJ tomonidan berilgan qarz qanday so‘ndiriladi?
Bank litsenziyasining chaqirib olinishi qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni bekor qilmaydi.

1-qadam. Qarz kim tomonidan berilganini aniqlash


Qarz bo‘yicha shartnomani ochib, rekvizitlarda nima yozilganiga qarang:
  • agar shartnomada “Yangi Bank” AJ ko‘rsatilgan bo‘lsa, kredit bank tomonidan berilgan va uni Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamiga to‘lash kerak;
  • agar shartnomada “Yangi Finance” MCHJ ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak qarz MMT tomonidan berilgan va to‘lov Paynet orqali amalga oshiriladi.

Quyidagi yo‘riqnoma faqat “Yangi Bank” AJ tomonidan berilgan kreditlarga tegishli:

2-qadam. Qayerga va qanday to‘lov qilish kerak?

1-usul (onlayn):
1. O‘zbekistondagi istalgan bankning “Rekvizitlar bo‘yicha to‘lov” / “Rekvizitlar bo‘yicha o‘tkazma” funksiyasi mavjud bo‘lgan ilovasiga kiring.
2. Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamini ko‘rsating: 2989 6000 9000 0001 4107
3. Qabul qiluvchi bankning MFO kodini ko‘rsating: 00014
To‘lov tafsilotlarida quyidagilarni ko‘rsating:
  • “Shartnoma bo‘yicha qarz to‘lovi”;
  • qarz raqami;
  • F.I.O.;
  • pasport seriyasi va raqami.


2-usul (oflayn):
1. Istalgan bankning kassasiga boring.
2. Kassa xodimiga “Yangi Bank” AJ bergan qarzni qaytarish uchun Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamiga to‘lov qilishingiz kerakligini ayting.
3. Kassa xodimiga rekvizitlarni ko‘rsating:
  • Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqami
  • STIR: 201 053 774
  • Hisobraqam (so‘m): 2989 6000 9000 0001 4107
  • Bank: Markaziy bank Toshkent sh. Hisob-kassa markazi
  • Bank MFO kodi: 00014
4. To‘lov maqsadida quyidagilarni ko‘rsating:
  • “Shartnoma bo‘yicha qarz to‘lovi”;
  • qarz raqami;
  • F.I.O.;
  • pasport seriyasi va raqami.

3-qadam. To‘lov jadvali bo‘yicha summani to‘lang.
Shartnomada ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha to‘lovni o‘tkazing.

4-qadam. Kvitansiyani saqlab qoling.
Kredit to‘liq yopilgunicha to‘lov haqidagi chek yoki kvitansiyani saqlab qo‘ying.

5-qadam. To‘lovlar hisobini olib boring.
Quyidagilarni qayd qiling:
  • to‘lov sanasi
  • summa
  • kvitansiya raqami
Bank tugatilishi munosabati bilan qarz oluvchilarning kreditlar bo‘yicha mavjub majburiyatlari bekor qilinadimi?
Yo‘q. Bankning tugatilishi kredit majburiyatlarini bekor qilmaydi. Barcha shartnomalar o‘z kuchida qoladi va qarz oluvchilar o‘z shartnomasi shartlari asosida to‘lovlarni kiritishda davom etadi.
Kredit bo‘yicha foizlar va penya hisoblanadimi?
Ha. Kredit shartnomalariga muvofiq foiz, penya va jarimalar hisoblanishi davom etadi.
“Yangi Bank” AJ bank kartlari amal qiladimi?
Yo‘q. “Yangi Bank” AJ litsenziyasi bekor qilingani sababli barcha bank kartalari bloklangan bo‘lib, ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish mumkin emas.
Bankning mobil ilovasi va onlayn xizmatlari ishlaydimi?
“Yangi Bank” AJ litsenziyasi bekor qilingani munosabati bilan Yangi mobil ilovasi cheklangan funksionallik bilan axborot rejimida ishlashda davom etadi.

Ilovada quyidagi axborotlar bilan tanishishingiz mumkin:
  • 15.01.2026 yil holatiga ko‘ra Yangi kartadagi balans;
  • 15.01.2026 yil holatiga omonatdagi qoldiq;
  • kredit shartnomasi raqami;
  • joriy kredit bo‘yicha to‘lovlar jadvali va summasi;
  • joriy kredit bo‘yicha qarzdorlik (kredit bo‘yicha joriy qoldiqni yangilash 3 ish kunigacha vaqt olishi mumkin).

Barcha savollar bo‘yicha call-markazga murojaat qilishingiz mumkin: +998 78 777 88 87
Jismoniy shaxslar bo‘yicha balans yoki hisobraqamga oid axborotni qayerdan olish mumkin?
Axborotni quyidagi usulda olish mumkin:
1) Tugatish komissiyasi yoki call-markazga murojaat qilish: +998 78 777 88 87;
2) Yangi ilovasida 2026-yil 15-yanvar holatiga karta yoki omonatdagi balansni ko‘rish.
Kreditorlarning talabnomalari reyestri qanday shakllantiriladi?
Kreditorlar talablarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga tugatuvchiga yozma ariza beradi. Arizada kreditorning asosiy ma’lumotlari (ariza namunasi bank ofisida taqdim etiladi) va mavjud bo‘lsa, elektron pochta manzili ko‘rsatiladi. Pochta manzilining ko‘rsatilgani elektron shaklda xabarlar olishga rozilikni bildiradi.
Kreditorlar faqat kafolatlangan limitdan oshgan summani talab qilishlari mumkin..
Reyestr tugatuvchi tomonidan bank hujjatlari va kreditorlarning arizalari asosida shakllantiriladi. Bank aksiyadorlari kreditor hisoblanmaydi.
Kreditorlarga to‘lovlar qonunchilikka muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi. To‘lovlarning boshlanishi Markaziy bank tomonidan tugatish balansi tasdiqlangandan keyingi ish kuni hisoblanadi.
Kreditorlarning talabnomalari qanday tartibda va ketma-ketlikda qoplanadi?
Kreditorlarga to‘lovlar Markaziy bank tomonidan oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyingi ish kunidan boshlanadi.
Talabnomalar qat’iy navbat asosida qondiriladi: har bir keyingi navbat oldingi navbat bilan to‘liq hisob-kitob qilingandan keyinginato‘lovlarni oladi.

Navbat:
1) davlat organlarining bankni tugatish uchun jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha talabnomalari (“Yangi Bank” AJ uchun dolzarb emas);
2) “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi 2-qismiga muvofiq talabnomalar (soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar);
3) “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq Omonatlarni kafolatlash agentligiga o‘tkazilgan talabnomalar;
4) “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq omonatlarning kafolatlangan limitdan ortiq summalari;
5) boshqa ta’minlanmagan talabnomalar;
6) bankka aloqador shaxslarning talabnomalari va kapital bo‘yicha talabnomalar.

Mijozlarning kafolatlangan limitdan ortiqcha mablag‘larini qaytarish kreditlarni so‘ndirish va bank mulkini sotish hisobiga amalga oshiriladi.
Omonat summasi 200 mln so‘mdan ortiq bo‘lsa nima qilish kerak?
Omonatlarni kafolatlash agentligining kafolat obyekti bo‘lmagan mablag‘lar tugatish jarayonida, “Yangi Bank” AJ aktivlarini sotish hisobiga qaytariladi.
Buning uchun 2026-yil 16-martga qadar Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 99-uy manzili bo‘yicha Tugatish komissiyasi ofisiga yozma talabnoma bilan murojaat qilish lozim.
Omonat bo‘yicha foizlar qaysi sanagacha hisoblanadi?
Omonatlar bo‘yicha foizlar 2026-yil 15-yanvargacha, ya’ni “Yangi Bank” AJ litsenziyasi bekor qilingan sanagacha hisoblanadi.
Bankning tugatilishi nima degani?
Bankning tugatilishi — litsenziya chaqirib olinganidan keyin bank faoliyatining rasman to‘xtatilishi bo‘lib, bunda kreditorlar oldidagi majburiyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy so‘ndiriladi.
Bankning majburiy tugatilishi O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 77 va 62-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Yangi Bank” AJni tugatish jarayoni qancha vaqt davom etadi?
“Yangi bank” AJni majburiy tugatish muddati — 1 yilgacha.

Bank aktivlari sotilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaroriga ko‘ra tugatish muddati uzaytirilishi mumkin.

Agar tugatish jarayonida bank bankrot deb topilsa, jarayon “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq sud tartibida davom ettiriladi va muddat yana uzaytirilishi mumkin.

Bank sud tomonidan bankrot deb topilganidan keyin Tugatish komissiyasi va Markaziy bankning vakolatlari to‘xtatiladi.
Tugatish jarayoni ustidan nazorat kim tomonidan amalga oshiriladi?
Tugatish jarayoni ustidan nazorat “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.

Tugatish — Markaziy bank nazorati ostida amalga oshiriladigan qonunda qat’iy tartibga solingan jarayon.